Ispan klubi "Spartak" hujumchisiga qiziqmoqda

Alisher
16 iyun 2021
Moskvaning "Spartak" klubi forvardi Esekel Ponse Ispaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

24 yoshli futbolchiga "Valensiya" qiziqish bildirmoqda. Ponsening ustunligi unda ispan fuqaroligi borligi.

Esekel 2019 yilning yozidan beri "qizil-oqlar" sharafini himoya qiladi. Futbolchining "Spartak" bilan shartnomasi yana 3 mavsumga mo'ljallangan.

Ponse o'tgan mavsum RPL doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Superdeporte