

Kecha xabar berib o'tganimizdek, ukrainalik yarim himoyachi Vitaliy Gavrish Namanganga yetib kelib jamoamizning dastlabki mashg'ulotida qatnashdi. Bundan tashqari o'tgan mavsumni “Olmaliq” jamoasida o'tkazgan hujumchi Islom Isoqjonov ham jamoamiz safiga qo'shildi.
Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan Isoqjonov bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana “Navbahor”ga qaytdi.
Jamoaning mashg'ulotlari xususida gap ketganida, ertalab futbolchilarimiz “Dinamo” o'yingohida shug'ullanishdi. Kechki mashg'ulot esa trenajyor zalida o'tkazildi. Jamoamiz a'zolari ertaga ham ikki mahallik mashg'ulotda ishtirok etishlarini qo'shimcha qilish joiz.



