

Milliy terma jamoamizning oldindagi o'yinlariga tayyorgarligi xususida “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.
– Tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordik. Oldinda bizni juda muhim va mas'uliyatli o'yinlar kutyapti. Nasib etsa, ushbu uchrashuvlarda ijobiy natijaga erishib, eng ezgu maqsadimizga etmoqchimiz. Yig'inga sekin-asta xorijdagi futbolchilar ham yetib kelishmoqda. Barchaning kayfiyati a'lo darajada. Agar muxlislarimiz bizni duo qilib turishsa, albatta o'z niyatimizga etamiz va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz, – deydi tajribali futbolchi “Lokomotiv” matbuot xizmatiga.




