Islom To'xtaxo'jaev “Buxoro” bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2016
22-24 oktyabr kunlari oliy ligada 26-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Lokomotiv” bu safar “Buxoro” klubi mehmoni bo'ladi.
Takidlash joizki, mazkur o'yinni “Lokomotiv” yetakchilaridan biri Islom To'xtaxo'jaev o'tkazib yuboradi. Boisi tajribali himoyachi “Mashal”ga qarshi uchrashuvda hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Natijada uning hisobidagi sariq kartochkalar soni 4 taga etdi va u endi navbatdagi matchda jamoaga yordam bera olmaydi.

Takidlash joizki, “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvi 22 oktyabr kuni soat 17:00da bo'lib o'tadi. O'yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz