Islom To'xtaxo'jaev "Al Garafa" bilan shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2022
"Qizilqum" jamoasida to'p tepib kelgan markaziy himoyachi Islom To'xtaxo'jaev faoliyatini Qatarda davom ettiradigan bo'ldi.

21 iyul sanasida saytimizda bu haqda xabar bergan edik.

"Al Garafa" o'zbek futbolchisiga qiziqmoqda

Qatar Yulduzlar Ligasi vakili hisoblangan "Al Garafa" klubi To'xtaxo'jaev bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda futbolchining o'zi "Championat.asia"ga ma'lum qildi.


"Al Garafa" jamoasi o'tgan mavsum Qatar yulduzlar ligasida 5-o'rinni qo'lga kiritgan. "Al Garafa" tarkibida bugungi kunda "Portu"dagi o'yinlari bilan dunyoga tanilgan jazoirlik Yasin Braimi ham to'p tepadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia