Islom Kenjaboev: "Nasaf" bilan o'yin kuni stadionda joy qolmaydi"

Eldor Akmurzayev
13 fev 2022, 08:55
"Navbahor"ning Antalyada olib borayotgan yig'ini davom etadi.

Samvel Babayan shogirdlari kecha ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Qozog'istonning "Qayrat" klubi 1:0 hisobida taslim etilgan o'yindan so'ng "lochinlar" yarim himoyachisi Islom Kenjaboev saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga o'z fikrlarini bildirdi.  

"Qayrat" jamoasida yangiliklar ko'p ekanligi ma'lum. Tarkibni butunlay almashtirishgan. Ko'proq yoshlarga e'tibor qaratishmoqda. Ikkinchi bo'limga chiqishimdan oldin murabbiyimiz ko'proq qanotlardan kirib, vaziyatlar yaratishimni ta'kidladi. Shunda jamoaga osonroq bo'ladi. 

"Nasaf" bilan o'yinlar doim jangovar va qiziqarli kechgan. Bu o'yin kuni stadionda joy qolmaydi. "Alay", "Turon" bilan o'rtoqlik o'yinlarida buning isbotini ko'rdik",- deydi Islom Kenjaboev.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia