Islandiya tarixiy golini kiritdi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2018
Ayni damda Jahon chempionatining 1-turi doirasida Argentina -Islandiya termalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tmoqda.

Avvaliga 19-daqiqada Serxio Aguero hisobni ochgandi. Oradan ko'p o'tmay, islandiyaliklar to'purari Alfred Finnbogason ham raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu gol Islandiyaning jahon chempionatlari tarixidagi ilk goli bo'ldi.

Islandiya keyingi turlarda Xorvatiya va Nigeriya termalariga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia