

"Relevo" xabariga ko'ra, Isko LaLigada qolish uchun kurashishni istamayapti. Undan tashqari, Isko bosh murabbiy Xulen Lopetegining iste'fosidan mamnun bo'lmagan.
"Sevilya" sport direktori esa Iskoning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayotganini aytgan.
30 yoshli Isko ushbu mavsum 19 o'yinda 1ta gol urdi va 3 assist qayd etdi. Ayni damda "Sevilya" LaLiga turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.



