Ishonish qiyin, "Milan" 4 ochko bilan oxirgi o'rinda qolib ketdi

Xayrulla Xoliqov
8 dek 2021, 14:36
Yevropa chempionlar ligasining "B" guruhi bahslari o'z yakuniga etdi.

Kecha tunda o'z maydonida "Liverpul"ga qarshi bahs olib borgan "Milan" 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Natijada jamoa nafaqat keyingi bosqichga chiqish, balki guruhda 3-o'rinni egallab, Yevropa Ligasiga yo'l olishdan ham mahrum bo'ldi. 

"Milan" atigi 4 ochko to'plab, bu yilgi YCHLni juda muvaffaqiyatsiz tugatdi. "Liverpul" va "Atletiko" keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, "Portu" uchinchi o'rin bilan Yevropa Ligasida kurashni davom ettiradigan bo'ldi. 

"Milan" guruh o'yinlarida faqat bir bor g'alaba qozondi: safarda "Atletiko" mag'lub etildi. Shuningdek o'z maydonida "Portu" bilan durang o'ynadi. Qolgan uchrashuvlarda jamoa imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia