

Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi.
Isak allaqachon "Sosedad"da o'ynagan va klub infratuzilmasi bilan tanish.
Avvalroq shvetsiyalik forvard "Nyukasl" mashg'ulotlariga kelmagani va klub vakillari bilan muloqotni to'xtatgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ko'p o'tmay, "Liverpul" Isak bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani ma'lum qilindi.
Isak 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42 o'yin o'tkazib, 27 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.



