Isak keyingi mavsum uchun o'ziga klub tanladi

Alisher
26 mar 2025
"Nyukasl"ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isak yozgi transferlar oynasida qaerga yo'l olishini aniqlab oldi.

25 yoshli forvard faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirmoqchi. Shu bilan birga, "qarg'alar" Isakning transferi borasida hech qanday yon bosmoqchi emas, chunki u klubning asosiy aktivi hisoblanadi.

Ehtimol, "kanonirlar" Isakni qo'lga kiritish uchun o'z tarixidagi rekord summani to'lashlari kerak bo'ladi, deya ta'kidladi manba. Futbolchiga "Liverpul" ham qiziqishda davom etmoqda.

Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 23 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va beshta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes