Iroq chempionati bekor qilindi

Xayrulla Xoliqov
4 iyun 2020, 12:00
Iroq futbol assotsiatsiyasi mamlakat milliy chempionatini bekor qilish haqida qaror chiqardi.

Bunga kutilganidek koronavirus pandemiyasi sabab bo'ldi. Assotsiatsiya 15ta klub bilan o'zaro kelishgan holda ushbu qarorni qabul qildi. 

Bayonotda shunday deyiladi: "Biz Iroq milliy terma jamoasining manfaatlarini ko'zlab hamda futbolchilarning salomatligini o'ylagan holda chempionatni muddatidan oldin tugatishga qaror qildik. Yangi mavsum 10 sentyabrdan boshlanadi".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com