
60 yoshli braziliyalik mutaxassis 1980 yildan buyon murabbiylik qilmoqda. Shu kungacha 20dan ortiq jamoada bosh murabbiy bo'lgan. Ummon, Malayziya va Quvayt yoshlar terma jamoasi, Iroq milliy terma jamoasi va bir qator klublar shular jumlasidandir. So'nggi yillarda u asosan arab klublarida ishladi. 2010 yil "Ittihod Kalba", 2011 yil "Bani Yas" va 2012 yil "Sharja" (uchalasi BAA) klublarida faoliyat olib bordi. 2012 avgustidan buyon Misrning "Zamalek" klubida ishlab kelayotgandi. Kuni kecha u Quvayt terma jamoasi bosh murabbiyii bo'ldi.
Vieyra 2007 yil to'rtta davlat mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Iroq bilan birga chempion bo'lgandi.
Behzod Nazarov
Vieyra 2007 yil to'rtta davlat mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Iroq bilan birga chempion bo'lgandi.
Behzod Nazarov