Iqbol Boboxonov "Mashal"da ko'rikdan o'tmoqda

Farg'onaning "Neftchi" klubida bir necha yildan buyon harakat qilib kelgan futbolchi Iqbol Boboxonov "Mashal"ning mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Himoyachi o'tgan mavsum 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1336 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu vaqt ichida 4 marta hakamlar tomonidan ogohlantirildi.

Futbolchi ayni vaqtda "Mashal"da ko'rikdan o'tmoqda. Agar futbolchining harakatlari bosh murabbiyga maqul kelsa Boboxonov keyingi mavsumni "Mashal"da o'tkazadi.

Manba: fcmashal.uz