Navoiyning "Qizilqum" klubi Farg'ona "Hokimi kubogi" musobaqasida ishtirokini davom ettirmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, kuni kecha jamoa safiga Iqbol Akramov va Otabek Narzullaev qo'shilishdi. Ikkala futbolchi Navoiy klubida ko'rikdan o'tishmoqda. Bundan tashqari ukrainalik Vyacheslav Shevchenko ham "Qizilqum"ga qaytdi.