Ion Marin: "Bunday ob-havoda o'ynash oson emas"

Narzulla Saydullayev
9 fev 2014, 16:14
"Lokomotiv" - "Quvayt SK" uchrashuvidan (1:3) so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining birinchi qismida quvaytliklar ustozi Ior Marin ishtirok etdi.
"Kecha aytganidek o'yin qiyin bo'ldi. "Lokomotiv" safida yangi futbolchilar kelgani ularga foyda berdi", - deb gap boshladi Ior Marin.

"O'z navbatida butun tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. Bugun maydon yuqori sifatda edi. Futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman, bunday ob-havoda o'ynash oson emas.

"Lokomotiv" bugun bor kuchi bilan o'ynadi, chunki ularda bitta imkoniyat bor edi. Shularni inobatga olib jamoam tayyorgarlik ko'rgandik. Qarshi hujumlarda gol urishga muvaffaq bo'ldik. Ikkinchi golda ham standart vaziyatdan unumli foydalnib to'p kiritdik.

Himoyadagi o'yinimiz menga yoqdi. O'tgan mavsumda 116ta gol urgandik.

- "Al Qodisiya" kecha 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu sizlarga bugun yaxshi ta’sir qilgandir?
- (Kuladi). Ular bizni dushmanlarimizku. "Qodisiya"dan chempionlikni tortib olgandik.

- O'yin bir kunga qoldirilgani sizlarga yordam berdimi?
- OFKga o'yinni qoldirishga ruxsat bergani uchun rahmat aytmoqchiman. Sababi kechagi sharoitda biz ham, "Lokomotiv" ham futbol o'ynay olmasdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia