Inzagi: "Inter"da shundoq ham yaxshi hujum chizig'i bor, Lukaku bilan u yanada kuchayadi"

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2022, 09:11
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi jamoaning yozdagi transferlari va A Seriyani yutish vazifasi haqida gapirdi.

"Biz o'tgan mavsumni yaxshi o'tkazdik, ammo uni ajoyib yakunlash uchun, Skudetto uchun ikki ochko yetmadi. Keyingi mavsumda maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. Lukakuning o'tgani biz uchun muhim. O'tgan mavsumda hujum chizig'imiz yaxshi edi, Lukaku bilan u yanada kuchayadi. Mxitaryan ham biz uchun ahamiyatga ega transfer hisoblanadi", - dedi Inzagi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: DAZN