

Milanliklar uchrashuvning 90-daqiqasida gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi.
"O'yin haqida gapirish juda qiyin. Nimalar bo'lganini barcha ko'rdi. "Yuventus"ga qarshi og'ir o'yindan ikki kun o'tib ham kuchli o'yin ko'rsatdik. O'yinni ertaroq tugata olmaganimiz uchun katta to'lov to'layapmiz.
Jamoa katta kuch bilan o'ynamoqda va bugungi natijadan ko'prog'iga loyiq edi. Murabbiy sifatida menga gapirish, tushuntirish juda qiyin. Durang bilan yakunlangan o'yin barchasini yo'qqa chiqaradi.
Katta ko'ngilsizlik bo'ldi. Ammo bu bir necha kundan keyingi o'yinda bizni elkamizdan itarmasligi kerak", - dedi "Inter" ustozi.



