Intyervyu. Urbano Kayro: “Byerluskonining xatolarini takrorlamaslikka o'rgandim”

16 sen 2015, 22:30
10 yil avval “Torino” prezidenti lavozimini egallagan Urbano Kayro jamoani ikki marta Evrokuboklardagi ishtirokka olib keldi.


 “Gazzetta dello Sport” nashri Kayro bilan uning Turin klubidagi faoliyatiga 10 yil to'lishi munosabati bilan suhbat uyushtirdi.


- Joriy mavsumda “Torino” hozircha maksimal ochkolarni yig'di, “Yuventus” esa birorta ochko olgani yo'q. Bu 10 yillik uchun sizga sovg'ami?

- “Yuventus” buni atayin men uchun qildi deb o'ylamayman.

- Jamoada o'tkazgan yillaringiz qanday tariflanadi?

- Qayta tug'ilish. Xuddi qaqnus qushi singari. Janni de Biazi bilan “A” syeriyaga chiqqanimizda o'zimda yo'q xursand bo'lgandim.

- 2005 yil yozda “Torino” faoliyati to'xtatilib, uning o'rniga yangi klub tashkil etildi. Shunda siz katta sahnaga chiqdingiz. O'sha paytdan nima yodda qolgan?

- Shahar hokimining matbuot kotibi maydondagi odamlar oldida e'lon qilganini eslayman: “Urbano Kayro – “Torino”ning yangi prezidenti”. Ularning olqishi ajoyib bo'lgandi.

- Prezident lavozimida birinchi yilni eslaysizmi?

- “Torino” – “Albinoleffe” uchrashuvi va Fantining “soya” golini eslayman. O'yinga oilam bilan kelgandim.

- Va mavsum oxirida pley-off o'yinlari.

- “Chezena”ni mag'lub etib, safarga xotirjam yo'l olgandik. Longo bizni oldinga olib chiqdi, biroq keyin 4 gol o'tkazib yubordik. Abbruskato ikkinchi to'pimizni kiritdi. (Javob o'yinida “Torino” 3:1 hisobida yutib, “A” syeriyaga yo'llanma olgan).

- Abbruskato uchun 4,5 million evro to'lagansiz. Hozir esa Daniele Bazelliga shuncha to'ladingiz. 9 yil oldin bu katta pul edi.

- Ha. U kiyinish xonasida haqiqiy hazilkash edi. U ko'zidan jarohat olganda Milandan shifokor chaqirib, o'yinga tushishga tayyor bo'lishi uchun harakat qilgandim. Abbruskato zaxiradan tushdi va biz uchun juda muhim golni urdi. O'sha golsiz javob bahsida juda qiyin bo'lardi.

- Turinda javob o'yini qanday bo'lgan?

- Yodimda, ko'zlarim to'la yosh edi. Bellashuv tugashi bilan De Byazi o'tirgan o'rindiq oldiga tushgandim.

- Keyin esa siz kabi mediamagnat bo'lgan Silvio Byerluskoniga “A” syeriyada chaqiriq yubordingiz.

- Biz Arkoreda birga tushlik qildik va keyin meni stadionda birga vyertolyotda olib ketdi. Bir marta Barselonaga ham o'yinga birga borgandik. Uni ko'rib, bir qator qarorlarga kelganman. Dastlab jamoa bilan ko'p muloqot qilardim, futbolchilarni ruhlantirish uchun. Tez orada futbolda boshqaruv deyarli harbiylarnikiga o'xshashini tushunib etdim. Unda boshqaruv bo'lishi kyerak. Hozir muloqotni sport direktoriga qoldiraman. Jamoa bilan faqat Ventura mendan iltimos qilganda gaplashaman xolos. Bu borada ortga qadam tashladim.

- 2009 yil “Torino” tushib ketdi. Bahslar yuzaga keldi, qog'oz bilan hujumlar... Bu eng qiyin payt bo'lganmi?

- Bahslar emas, tushib ketishning o'zi eng qiyini edi. Bu haqiqiy shok bo'lib, bizga bir qator shubhalarni taqdim etdi. Aviahalokatga uchragan xotirlash chog'ida o'zimni xavfsiz sezmagandim. Jamoani bosimdan xalos qilish maqsadida klubni mendan yaxshiroq boshqarishga tayyor turgan insonga sotishga tayyor ekanligimni ta'kidladim. O'shanda ko'proq yulduzli nomlarga e'tibor qaratardim. So'ng buni o'zgartirishga tushdik. Stefano Kolantuono yaxshi futbolchilarni taklif qildi. Ventura esa yosh o'yinchilar bilan ishlashda mohir usta sanaladi.

- “Lacio” tilga olinganda Lotito, “Torino” tilgan olinganda Ventura esga keladi. Murabbiy soyasida qolib ketganingizdek tuyulmaydimi?

- Yo'q, bu oddiy holat. Pioli “Lacio”da yaqindan byeri ishlayapti, Ventura esa “Torino”ni 5 yildan byeri boshqaryapti. U katta hajmda ish qildi. Oldin u hech bir klubda bunchalik ko'p ushlanib qolmagandi. Avval Ventura Evrokuboklarga chiqmagan va jamoasi bilan 7-pog'onani egallay olmagandi.

- Chyerchi va Immobilening sotilishi tufayli yana tanqidlar ostida qolish xavfi paydo bo'ldi.

- Bu bilan hech narsa qila olmasdim. Immobileni sotmagan bo'lardim, biroq u ketishni xohladi. “Yuventus” esa uning uchun pul to'lashni istayotgandi. Ikkiga bir qolganingda g'alaba qozona olmaysiz. Muxlislar Chyerchining transfyerlarning so'nggi kunida sotilganidan norozi bo'lishdi. Biroq qolishni istamagan futbolchini ushlab turishdan qanday naf bor? Venturaning o'zi kelib, uni sotish kyerakligini aytdi.

- Ularsiz ham “Torino” “Atletik”ni “San Mames”da 3:2 hisobida dog'da qoldirdi. Bu g'alaba sizni qanchalik quvontirdi?

- Bu 2006 yil qayta tug'ilishdan keyin mantiqiy qadam bo'ldi. 2012 yil “A” syeriyasiga qaytish va 2014 yil 7-o'rinni egallash singari. O'sha kecha katta natijani qo'lga kiritdik, lekin dyerbida 20 yildan keyingi muvaffaqiyat, “Intyer”ni safarda Morettining so'nggi daqiqadagi goli sababli mag'lub etish ham ijobiy natijaga aylandi.

- Oxirgi 10 yilda qaysi o'yinchilar siz uchun eng sevimli?

- Qo'l ostimda borlari. Ortga boqib, Chyerchini aytardim. U menga yoqardi. Balki o'ng qanot yarim himoyasida o'ynagani sabablidir. O'zim ham shu poziciyada o'ynardim. U “A” syeriyaga qaytganimizdan keyin bizning birinchi katta xaridimiz bo'lgandi. Keyin Darmianni aytaman. U yaxshi yigit va yo'lida barcha narsalarni bosib o'tdi. Xuddi men biznes faoliyatimni olib borganim singari. Uning “Manchestyer Yunayted”ga o'tishiga ruxsat byermasdan boshqa ilojim yo'q edi. Kvalyarellani hamisha “Torino”ga qaytarishga intilganman. Yana Ogbonnani tilga olaman. U hamisha biz bilan o'zini yaxshi tutgan.

- “Torino” sizga qanchaga tushgan?

- 2013 yilgacha 60 million evro sarfladim. Oxirgi ikki yilda xarajat bo'lmadi, daromad xarajatlarni qopladi.

- Jon Elkann bir safar “Torino” va “Roma” singari tezda yo'q bo'lib ketishni xohlamasligini aytgandi.

- U avvalgi vaqtlar haqida aytgandi. Hozir bizda bir tiyin ham qarz yo'q. Barcha katta klublar bu bilan maqtana olmaydi.

- Kelasi 5 yilda skudettoni yutishingiz mumkinmi?

- Yo'q. So'nggi 16 yilda faqat “Milan”, “Intyer” va “Yuventus”buni uddaladi. “Roma” va “Lacio” prezidentlari chempion bo'lishdi, biroq bu qoidadan chetda bo'lgan holatdir. Moratti, Anelli va Byerluskoni muammolarni hamyon yordamida hal qilishadi. Televizion huquqlarni sotishgacha bo'lgan davrda hammasi boshqacha edi. Hozir skudettoni yutish uchun pul aylanmasi kamida 300 million evro bo'lishi darkor. Buning uchun bizga 240 million yetishmaydi. Chempionlikkacha uzoq, lekin iqtidorli yoshlar yordamida Italiya Kubogi va Evrokuboklarga ko'z tikishimiz mumkin. Darmianni sotishga vada byerdim va sotdim. Biroq Maksimovich sotilmaydi.

Endi biz marketingni yaxshilashimiz kyerak. “Torino” telekanalini ishga tushirishimiz lozim, bolalar bizni ko'rib, muxlislik qilishni boshlashadi. Yangi stadionimizga ko'chib o'tganimizda stadionga muxlislar tashrifidan ko'proq narsaga ega bo'lamiz. Prezidentlikni qabul qilganimda 10 yil ishlashni xohlashimni aytgandim. Hozir yana 5 yilga qolishni istayapman.

- Byerluskonining qayta tug'ilishimi?

- Yo'q, Urbano Kayroning.

- 20 yil avval “Corriere della Sera” gazetasining bir sahifasini reklama uchun sotib olib, shaxsiy biznesingizni boshlaganingizni ko'rsatgansiz. Hozir o'sha yigit o'zini qanday his qilmoqda?

- U 20 yoshga ulg'aydi, lekin hamon o'shandek hislarga ega. Yuragim va muhabbatim “Torino” bilan bog'liq. Ishlab chiqaruvchi bo'lishni xohladim va buni uddaladim. O'yinchi bo'lishni istagandim, biroq prezident bo'ldim.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia