International Champions Cup-2018 turnirida qatnashadigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
17 apr 2018, 10:52
Mavsumlar oralig'ida o'tkaziladigan International Champions Cup-2018 turniri ishtirokchilari aniqlandi.

2018 yilning yozida o'tadigan musobaqada Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Portugaliyadan 17ta jamoa qatnashadi.

International Champions Cup-2018 ishtirokchilari: Real, Tottenxem, Yuventus, Milan, Manchester Siti, Liverpul, Manchester Yunayted, Bavariya, Chelsi, PSJ, Arsenal, Sevilya, Roma, Inter, Borussiya Dortmund, Benfika va Atletiko.

17 aprel kuni turnir taqvimi e'lon qilinadi. O'yinlar Avstriya, Italiya, Singapur, Shvetsiya, Shveytsariya va AQSHda bo'lib o'tadi.

Ushbu turnirning amaldagi g'olibi - "Barselona", bungacha PSJ ikki marta, "Manchester Yunayted" va "Real" bir martadan musobaqada g'alaba qozonishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com