"Inter" yozdagi bosh transfer maqsadini belgilab oldi

Alisher
30 may 2022, 15:40
"Inter" yozda "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuni xarid qilmoqchi.

U tez orada A Seriyaga qaytishi mumkin.

Milanliklar belgiyalik hujumchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yubordi. O'yinchining o'tishiga shaxsan bosh murabbiy Simone Inzagi qiziqish bildirmoqda.

Lukaku 2021 yilning avgustidan beri "Chelsi"da o'ynaydi. U London klubiga "Inter"dan 113 million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato