"Inter" yozda "Lill" himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2023, 11:01
"Inter" yozda "Lill" himoyachisi Tiago Jaloni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, milanliklar futbolchiga yaqin insonlar bilan ehtimoliy transfer bo'yicha bog'lanib ulgurgan. Bevosita futbolchining o'zini esa anchadan buyon kuzatib kelishmoqda.

Portugaliyalik futbolchiga yana bir qator nomdor klublar tomonidan ham qiziqish borligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо