"Inter" Yang bilan shartnomani uzaytiradi va Sanchesni saqlab qolmoqchi

Alisher
30 may 2020, 14:23
Milanning "Inter" klubi 34 yoshli himoyachi Eshli Yangning bitimidagi banddan foydalanib, u bilan shartnomani yana 1 yilga uzaytirishi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda "neradzurrilar" sport direktori Pero Auzilio xabar bermoqda.

"Tasdiqlashim mumkinki, biz Eshli Yangning shartnomasidagi bandni faollashtiramiz", - deydi boshqaruvchi.

Auzilio shuningdek "Manchester Yunayted"dan ijara olingan hujumchi Aleksis Sanchesni ham tarkibda saqlab qolmoqchi.

Italiya chempionati ayni damga kelib koronavirs tufayli to'xtatilgan. Mavsum restarti 20 iyunga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Italia