"Inter" xorvatiyalik yarim himoyachisiga yangi shartnoma taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 14:11
"Inter" rahbariyati yarim himoyachi Marcelo Brozovichga yangi shartnoma taklif qilmoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchiga "Real" va "Tottenxem" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lgan. Shu boisdan "Inter" futbolchini saqlab qolish uchun xavbekka yaxshilangan va uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan.

Undan tashqari, "Inter" futbolchining tovon pulini ham belgilamaydi. Brozovichning transfer narxi taxminan 50 mln evro bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato