"Inter" Vidalga bo'lgan qiziqishlarni yo'qotdi

Mirjalol Normatov
29 mar 2020, 13:52
"Inter" endi "Barselona" futbolchisi Arturo Vidalning xizmatlariga qiziqish bildirmayapti.

"El Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, oldinroq uning transferini "Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening o'zi istayotgandi. Yanvar oyida tomonlar transfer borasida gaplashib olishgan. Biroq tomonlar kelisha olishmagan.

"Inter" esa endi bu borada boshqa to'xtalmaydi.

Ushbu mavsumda Vidal 34 o'yinda 6 gol va 3 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo