"Inter" va "Yuventus" "yangi Pirlo" uchun kurashadi

Alisher
8 may 2020
"Breshia" yarim himoyachisi Sandro Tonali A Seriya grandlaridan biriga yo'l olishi mumkin.

Aniqrog'i, "Inter" va "Yuventus" klublari yosh va istedodli futbolchi uchun kurashmoqda.

Tonalining ushbu klubdan biriga o'tishi milanliklar va turinliklarning o'yinchilarini sotishiga bog'liq. 50 million evroga baholanayotgan Tonalining transferi uchun klublarga pul kerak.

"Inter" Lautaro Martinesni sotishga yaqin. "Yuventus" futbolchisi Miralem Pyanich ham "Barselona"ga o'tishga rozilik bildirgan.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com