"Inter" va Nkunkuning agentlari transfer shartlarini muhokama qilishmoqda

Alisher Ostonov
3 avg 2025
"Inter" Kristofer Nkunkuning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Tomonlar bir necha kundan beri 27 yoshli xavbekning ehtimoliy transferi formati va shartlarini muhokama qilmoqda.

Nkunkuga APLning quyi qismidagi bazi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o'zi top-klubda o'ynashni istamoqda.

Fransiyalik futbolchi APLning o'tgan mavsumida "Chelsi" tarkibida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: L’Équipe