"Inter" va "Milan" "Barselona" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
11 may 2020
"Barselona" himoyachisi Emerson A Seriyaning ikki klubi e'tiborini tortdi.

"Inter" va "Milan" kataloniyaliklar himoyachisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi. Bu haqda italyan matbuoti xabar bermoqda.

Emerson ayni damda ijara asosida "Betis"da o'ynamoqda. Transfermarkt futbolchini 18 million evroga baholagan.

Emersonni shuningdek Leverkuzenning "Bayer" klubi ham diqqat bilan kuzatmoqda.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com