"Inter" ushbu haftada Vidal bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
9 sen 2020
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Goal" xabariga ko'ra, Italiya klubi futbolchining ushbu haftadayoq transfer qilinishiga ishonmoqda. Chililik futbolchi milanliklar bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Oldinroq Vidal shartnomasini bekor qildirayotgani uchun "Barselona"dan 6 mln evro talab qilayotgani aytilgandi.

O'tgan mavsumda Vidal LaLigada 33 o'yinda 8 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal