"Inter" Tonaliga qancha maosh to'lamoqchi?

Alisher
12 iyun 2020
"Inter" "Breshia" yarim himoyachisi Sandro Tonalining transferi ustida ishlamoqda.

Milanliklar 20 yoshli Italiya terma jamoasi futbolchisiga 5 yillik shartnoma va bonuslardan tashqari 2,5 million evro maosh taklif qilmoqda.

Xavbek bilan bo'layotgan muzokaralar yakuniy bosqichga yetib qolgan. Bu haqda italiyalik jurnalist Niko Skira xabar bermoqda.

Oldinroq, "Inter" Tonali uchun 50 million evro talab qilayotgan "Breshia" bilan muzokaralar o'tkazayotgani va uni 30 million evroga xarid qilishi mumkinligi xabar qilingan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira