"Inter" so'nggi 4 o'yinning uchinchisida ham durang o'ynadi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 18:28
"Inter" bugun A Seriyaning 21-turi doirasida o'z maydonida "Kalyari" bilan o'ynadi.

Inter – Kalyari 1:1

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar: 1:0 – 29 Martines, 1:1 – 78 Nainggolan.

Inter – Xandanovich, Biragi (Dimarko, 85), Bastoni, Shkrinyar (Godin, 17), Yang, Sensi (Sanches, 82), Valero, Barella, de Vrey, Martines, Lukaku.

Kalyari – Krano, Klavan, Valyukevich, Pellegrini (Mattello, 76), Farago, Nainggolan (Chigarini, 86), Oliva (Kastro, 74), Ionice, Joao Pedro, Nandes, Simeone.

Ogohlantirish: Lukaku (45), Barella (61), de Vrey (83).

Qayd etish kerak, "Inter" so'nggi 4 o'yinning uchtasida durang o'ynadi. Jamoa "Atalanta" va "Lechche"ga qarshi o'yinlarda bir xil 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi.

Turnir jadvalida esa "Yuventus" bilan o'rtadagi farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda. Bugun turinliklar "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia