"Inter" Silvestre bilan shartnomani uzaytirmaydi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2014, 17:47
Milanning "Inter" jamoasi himoyachi Matias Silvestre bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

Ayni damda Silvestre "Sampdoriya"da ijara asosida to'p tepmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2015 yilning yanvar oyida o'z yakuniga etadi. Matiasning o'zi "Sampdoriya"da qolmoqchi va klub ham futbolchini olib qolishga qiziqib qolgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Silvestrega "Roma", "Portu va "Galatasaroy" qiziqish bildirgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com