Inter – Sampdoriya. Mourinyo, Ronaldo va Moratti o'yinni kuzatishdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2016
Inter sobiq ustozi Joze Mourinyo San-Siroda Sampdoriyaga qarshi o'yinni kuzatdi (3:1).

Mourinyo stadionga Inter sobiq hujumchisi Ronaldo va klubning sobiq xo'jayini Massimo Moratti bilan birga keldi.

Moratti, Ronaldo va Mourinyo klubning hozirgi xo'jayini Erik Toxir va Inter vice prezidenti Xaver Zanetti bilan birga uchrashuvni tomosha qilishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Inter