“Inter” “Roma”ga qarshi noodatiy formada o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
11 may 2021
“Neradzurrilar” matbuot xizmati A Seriya doirasida 12 may kuni “Roma”ga qarshi o'tadigan bahsda jamoa noodatiy ko'rinishdagi libosdan foydalanishi haqida xabar berdi.

Bu maxsus komplekt bo'lib, unda nafaqat klubning ananaviy qora va ko'k ranglari, balki oq hamda sariq ranglar ham birlashgan. “Inter”ning uzoq yillik homiysi “Pirelli” kompaniyasining nomi vertikal holda joylashtirilgan. Shuningdek, futbolkaga jamoaning yangi logotipi ham tushurilgan.

Eslatib o'tamiz, Antonio Konte shogirdlari joriy mavsum muddatidan oldin Skudettoni qo'lga kiritdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Inter