"Inter" "Real" darvozabonini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher Ostonov
30 noya 2025
Madridning "Real" klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin Ispaniya La Ligasini Italiya A Seriyasiga o'zgartirishi mumkin.

"Neradzurrilar" kelasi yilning yozida shartnomasi yakunlanadigan shveytsariyalik Yann Zommerga uzoq muddatli o'rinbosar qidirmoqda. Lunin Italiya jamoasining short-listidagi nomzodlardan biri hisoblanadi. 

26 yoshli ukrainalik "qirollik klubi" safida 2018 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Uning "qaymoqranglilar" bilan mehnat shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Luninning transfer narxi 18 million evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Defensa Central