"Inter" Pyanichni qo'shib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich A Seriyaga qaytishi mumkin.

Italiyaning "Inter" klubi bosniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Jamoa safidan Marselo Brozovich ketgan taqdirda, "neradzurrlar" 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Klub bosh direktori Beppe Marotta Pyanich bilan bog'lanib, transfer masalasini muhokama qilgan.

Avvalroq yarim himoyachiga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia