"Inter" Perishich bilan shartnomani uzaytirishni yanvarda muhokama qiladi

Alisher
19 dek 2021, 12:11
"Inter" forvardi Ivan Perishich klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Milan klubi rahbariyati yanvarda shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadigan 32 yoshli xorvatning agenti bilan bitimni uzaytirishni muhokama qilmoqchi.

"Inter" 4 mln evro maosh bilan 2024 yilga qadar shartnoma taklif qilishga tayyor, ammo o'yinchining o'zi 5 mln evro va bonuslarga ega bo'lmoqchi.

Perishich joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira