"Inter" o'z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2021, 22:48
Futbolchi yana besh yil "Inter"da qoladi.

Milanning "Inter" klubi jamoa himoyachisi Federiko Dimarko bilan yangi bitim imzoladi. Yangi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar davom etadi. Italiyalik himoyachisi aynan shu klubning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faqatgina, u bu mavsumdangina "Inter" tarkibida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Ma'lumot uchun, Dimarko bu mavsum Italiya A Seriyasida 18 ta o'yinda maydonga tushib ikkita gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: inter.it