"Inter" Onanani ortga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2025
"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana yana "Inter"ga qaytish ehtimoli mavjud, deya xabar berdi "The Sun".

Manbaning xabariga ko'ra, 29 yoshli kamerunlik futbolchiga Milan klubi qiziqish bildirmoqda va uning Angliya jamoasidagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

Eslatib o'tamiz, Onana 2022/23 yilgi mavsumda "neradzurri" sharafini himoya qilgan.

Posbon 2024/25 yilgi mavsum "Manchester Yunayted" safida 50 o'yinda maydonga tushib, 65 ta gol o'tkazib yuborgan va 11 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun