​"Inter" MYU himoyachisini nishonga oldi

4 yanv 2019, 23:40
"Manchester Yunayted" o'ng qanot himoyachisi "Inter" klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bu haqda Goal nashri xabar berdi. Antonio Valensiya shu yili yozda "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi. Ekvadorlik futbolchi mankunianliklar bilan hamkorlikni uzaytirish niyatida emas. Sababi, Valensiya ushbu mavsumda MYUning APLdagi beshta uchrashuvida maydonga tushdi holos va etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi.

Yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun "Inter" rahbariyati foydali shartnoma taklif qilmoqchi. Manbaning ma'lumot berishicha, shuningdek, himoyachi "nerradzurilar" safida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kafolatlanadi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com