"Inter", "Milan" va "Yuventus"ni A Seriyadan haydash kerak"

Aziz Tukhtamuradov
20 apr 2021, 14:48
Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Antonio Kassano Superligada ishtirok etishga rozi bo'lgan klublarni A Seriyadan chetlatish lozim deb hisoblaydi.

"Bunday musobaqa haqida o'ylash ham mumkin emas. Katta klublar futbol odamlarga tegishli ekanligini tushunishlari lozim. Kichik jamoalarni tashlab qo'yish kerak emas. Men Italiya futbol federatsiyasidan "Inter", "Milan" va "Yuventus"ni A Seriyadan haydashni so'rardim. Ular o'z ligalarida o'ynayverishsin, ko'ramiz nima bo'larkin. 12 klub futbolni boshqara olmaydi", - dedi Kassano. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Bobo TV