"Inter" Messi atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda

Alisher
24 iyul 2020, 17:28
Milan klubi argentinalik futbolchini o'ziga og'dirmoqchi.

"Inter" "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma imzolash fikridan qaytmayapti.

Milan klubi argentinalik futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda va u bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.

Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

33 yoshli o'yinchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" libosida 42ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 26ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it