"Inter Mayami"ning g'alabasiz seriyasi 10 o'yinga etdi

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023
"Inter Mayami" jamoasi MLSning navbatdagi turida Ueyn Runi boshqaruvidagi "Di Si Yunayted"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.

Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Shu orqali mayamiliklarning g'alabasiz seriyasi 10 o'yinga etdi: 7 mag'lubiyat va 3 durang.

Jamoani bir necha kunlar oldin Xerardo Martino qabul qilib oldi. Ayni damda "Inter Mayami" sharqiy konferenciyada so'nggi o'rinda bormoqda. Jamoaning yangi futbolchisi Leo Messi esa shu oyning ikkinchi qismida debyut qilishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia