

Messining amaldagi shartnomasi yil oxirigacha mo'ljallangan. Iyul oyida jurnalist Xavi Kampos Messi klub bilan shartnomani 2028 yil oxirigacha uzaytirmoqchi ekanini, chunki u keyingi Jahon chempionati (2026) va Kubok Amerikasida (2028) ishtirok etmoqchi ekanini xabar qilgan edi.
Messi 38 yoshda, u "Inter Mayami" safida 2023 yildan beri to'p tepmoqda. Faoliyati davomida Messi Ispaniyaning "Barselona" va Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klublarida ham o'ynagan. Argentinalik futbolchi sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi. Argentina terma jamoasi tarkibida u Jahon chempionati (2022), Amerika Kubogi (2021, 2024), Finalisima (2022) va Olimpiya o'yinlarida (2008) g'olib chiqqan.



