"Inter Mayami" Messiga 4 yillik shartnoma taklif qildi

Aziz Tukhtamuradov
2 iyun 2023
"Inter Mayami" Lionel Messini qo'lga kiritmoqchi.

PSJ futbolchisi mavsum yakunlangach jamoadan ketadi va ayni paytda turli variantlarni ko'rib chiqmoqda. 

Ma'lum bo'lishicha, amerikaliklar 35 yoshli Messi uchun 4 yillik shartnoma taklif qilishgan. Unga ko'ra, Messi yiliga 50 million evro ishlaydi. 

MLS klubi shuningdek Serji Busketsga ham qiziqish bildirmoqda. 

Messi "Inter Mayami"ga o'tgach, ijara asosida "Barselona"da o'ynashi mumkinligi haqida ham gap-so'zlar paydo bo'lgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport