"Inter" Lukakuning o'rniga Insineni o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2021, 09:57
"Inter" Romelu Lukakuning o'rniga boshqa futbolchi izlashda davom etmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, milanliklar "Napoli"ning 30 yoshli futbolchisi Lorenco Insinega qiziqish bildirishmoqda. 

Neapolliklar sardorining shartnomasi 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. 

U o'tgan mavsumda A Seriyada 35 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio