"Inter" Lukakuni olib qolmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
17 sen 2022
Italiya klubi hujumchi Lukakuni yozda butunlay sotib olmaydi.

28 yoshli futbolchi o'tgan oyda "Chelsi"ga 115 mln evroga pullab yuborilganidan bir yil o'tib sobiq jamoasiga ijaraga berildi. 

Ushbu mavsumda jarohati bilan kurashib kelgan belgiyalik hisobida 3 ta o'yinda kiritilgan yagona to'p mavjud. 

"Inter" allaqachon futbolchini ijaraga olgani uchun 8 mln evro to'ladi. Agar bu shartnoma yana bir yilga cho'ziladigan bo'lsa, to'lov 2 mln ga ortib 10 mln bo'ladi. Uni doimiy olib qolishning ehtimoli past, deya baholanmoqda. 

Lukakuning "Stemford Brij" egalari bilan tuzgan bitimi 2026 yilga qadar kuchga ega bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com