"Inter" Lukaku bilan 5 yillik shartnoma imzolashga taraddud ko'rmoqda

18 iyul 2019, 21:30
"Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuga Italiyaning "Inter" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Neradzurrilar" belgiyalik hujumchi bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolash niyatida. Uning transfer narxi 41 mln. funtga baholanmoqda. 

Mankunianliklar Lukaku uchun 83 mln. evro atrofidagi summani talab qilmoqda, ammo "Inter" rahbariyati 65 mln. evrodan ko'pini to'lashga tayyor emas. 


O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com