"Inter" Konte bilan muzokara o'tkazdi. Murabbiy 10 mln. evro maosh so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
9 apr 2019
"Inter" rahbariyati jamoaga "Chelsi" va "Yuventus" sobiq ustozi Antonio Konteni taklif qilmoqchi.

Tormonlar bir necha oydan beri muzokara o'tkazishmoqda.

Konte milanliklardan 10 mln. evrolik maosh so'ramoqda.

A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyi Massimiliano Allegri. U "Yuventus"da yiliga 7,5 mln. evro ishlab topadi. Spallettiniki esa 4,5 mln. evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport