"Inter" Ikardini "Vest Xem"ga sotishdan bosh tortdi

Aslanov Jasurbek
9 may 2016
"Vest Xem" "Inter" hujumchisi Mauro Ikardiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Bolg'aurarlar" forvard uchun 35 mln. evro taklif qildi, ammo nerazurlar futbolchi uchun kamida 40 mln. evro so'rashmoqda.

23 yoshli argentinalik "Vest Xem"ning qiziqishi haqida biladi va bu borada ingliz klubi safida to'p tepayotgan yurtdoshi Manuel Lansini bilan ham suhbatlashdi. London klubi Zlatan Ibragimovich va Mishi Batshuayiga ham qiziqish bildiryapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror